Surxondaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi maxsus va tez tibbiy yordam avtoxo‘jaligi iyul oyida kamida beshta Damas-2 D13 avtomashinalarini xarid qilgan. SSV o‘rinbosari Amrillo Inoyatov o‘tgan yilning oxirida Damas rusumidagi avtomobillarni tibbiyot uchun sotib olish to‘xtatilganini aytgan edi.
Samarqand viloyatida 5−6 iyul kunlari odam o‘limi bilan sodir bo‘lgan ikkita YTH ro‘y berdi. Toyloq tumanida Spark yuqori tezlikda beton to‘siqqa urilib ketdi va oqibatda haydovchi vafot etdi. Oqdaryo tumanida Lada Largus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Surxondaryoda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa natijasida Cobalt qarama-qarshi yo‘lga chiqib ketib, yuk mashinasiga urilib ketdi va haydovchi halok bo‘ldi.
Surxondaryo viloyatining Denov tumanida 109 tup qimmatbaho daraxtlarni ruxsatnomasiz kesib tashlanganligi aniqlandi. Holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, 2 mln 245 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi. O‘simlik dunyosiga 329 mln 157 ming 500 so‘m miqdorida zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.
Surxondaryo viloyatida o‘tkazilgan «Yoshlar festivali» sababli YPX xodimlari yo‘lning harakatlanish vaqtincha cheklangan qismida chaqiruv bo‘yicha manzilga ketayotgan tez yordam mashinasini o‘tkazmagan. Ma’lum bo‘lishicha, 21 iyun kuni ushbu xodimlar lavozimidan ozod etilgan.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi davomida Termizda qurilgan ko‘p qavatli uylarni borib ko‘rdi. Prezident xonadonlardan birida «Zulfiya» mukofoti sovrindori va uning onasi bilan suhbatda bo‘lib, undan g‘ururlanishini ta’kidladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev jurnalistlar bilan uchrashuvda Termiz — Mozori Sharif — Kobul — Peshovar temir yo‘li qurilishining ilk bosqichlari uchun Jahon banki tomonidan 35 mln dollar mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoni «iqtisodiy berk» viloyat deb atab, u yerda tadbirkorlarga Toshkentda mavjud imkoniyatlar singari bir hil sharoit yaratish kerakligini ta’kidladi. Prezident viloyatdagi asosiy muammo sug‘orish va ichimlik suvi ta’minoti ekanligini qayd etdi. «Men haqiqiy mas’uliyatni o‘z zimmamga olish uchun keldim, bu qiyin. Odamlar gaplardan charchagan, ularga haqiqiy loyihalar, pul, infratuzilma berish kerak», — dedi u.
Shavkat Mirziyoyev anorchilik bo‘yicha ilmiy ishlar qilib kelayotgan bog‘bon ayol bilan suhbatdan so‘ng, mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan yosh olimalarni ilg‘or xorijiy mamlakatlarga o‘qishga yuborish bo‘yicha topshiriq berdi. «Qizlarimiz bilmaydi, tushunmaydi o‘qimaydi, deymiz. Chunki, ularni o‘zimiz o‘qitmaymiz-da. Ayollarimizning bilimi, malakasi kuchli. Yuzaga chiqarish kerak», — dedi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyati faollari bilan uchrashuvida viloyatda mahallabay ishlash tizimini takomillashtirish kerakligi haqida aytib o‘tdi.
Shavkat Mirziyoyev savol berish, muammo va takliflarni o‘rtaga tashlashni so‘rab, bunga qarshi bo‘lganlar xiyonatchi bo‘lishini ta’kidladi. Shuningdek, yig‘ilishda yoshlar masalalariga ham e’tibor qaratildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida infratuzilmani yaxshilash uchun 1 trillion 900 milliard so‘m mablag‘ ajratilayotganini ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatida 100 ming kishi ishsiz ekani va 80 ming nafari chet elga ekanliklarini aytib, «hokimlar bo‘yinbog‘ini yechib qo‘yib, haftada bir kun fuqarolar orasida yurishi kerakligini» ta’kidladi. «Toshkent ko‘mak berishi kerak, lekin viloyatlar o‘zini aravasini o‘zi tortishi kerak», — dedi davlat rahbari.
Iyun oyining boshini O‘zbekiston prezidenti Surxondaryo viloyatiga tashrifdan boshladi. Davlat rahbari kun tartibidan o‘rin olgan obyektlar qatorida 29 gektarlik issiqxona va 5 mln dollarlik «Sherobod anor impeks» loyihasi bilan ham tanishdi. Korxona 6 ming tonna qadoqlash, 2 ming tonna anor sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Majmuada jami 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi anorchilikka ixtisoslashgan bog‘lar bilan tanishdi. Viloyatda qishloq xo‘jaligini innovatsion yo‘naltirish bo‘yicha institut tashkil etish, anor bilan birga limon, xurmo yetishtirishni ko‘paytirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi. «Bizda anorchilik bo‘yicha an’ana bor, lekin ilm yo‘q, kitob yo‘q, laboratoriya yo‘q. Anor jaydari usulda yetishtirilyapti», — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatidagi tashrifi chog‘ida Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishi munosabati bilan uning poydevoriga kapsula qo‘ydi. Mazkur elektr stansiya loyihasini Birlashgan Arab Amirliklarining «Masdar» kompaniyasi amalga oshiradi va 260 mln dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya jalb qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Surxondaryo viloyatiga yo‘l oldi. Ikki kunlik tashrif mobaynida energetika, agrosanoat, savdo va qishloq xo‘jaligi loyihalari bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
1 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatiga boradi. Viloyatda davlat raxbari ikki kun mobaynida bo‘lishi rejalashtirilgan.
Amirlikning Masdar Surxondaryoda quriladigan fotoelektr stansiya qurilishi bo‘yicha o‘tkazilgan tenderda eng jozibador tarifni bildirdi. Tender g‘olibi bo‘ladigan investor shuningdek, 200 kV bo‘lgan yangi podstansiya hamda 52 km uzunlikdagi elektr o‘tkazuvchi liniyani qurishi lozim bo‘ladi.
Kasaba uyushmalari federatsiyasi tasarrufidagi korxona direktori Alisher Xidirov Surxondaryo viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlandi.
Surxondaryo viloyatida Damas rusumli avtomashina 3 nafar fuqaroni urib yuborishi natijasida ulardan 2 nafari shifoxonada vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting